Bog’lanish uchun shaxs

ASOSIY KOMPETENSIYALAR
- Ta’lim xizmatlari provayderi
- Kasbiy ta’lim exporti
- Chet ellik mutaxassislar uchun mutaxassislik ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar
- Chet ellik rahbar kadrlar uchun maxsus seminarlar
- Xorijiy davlatlar kasb-hunar maktablari o’qituvchilarining mutaxassislik va pedagogika sohalarida malakalarini oshirish
- Chet ellik yoshlarni Germaniyada kasbiy ta’limga tayyorlash
KOMPANIYA FALSAFASI
Ma’suliyatli damlarda muvaffaqiyat shaxsiyat fazilatlarni talab qiladi!
Kasbiy ta’lim individual rivojlanish, uzluksiz kasbiy malaka va innovatsiyalarga yo’naltirilgan iqtisodiyot uchun asosiy muvaffaqiyat omilidir. Iqtisodiyot, siyosat va madaniyatning tobora kuchayib borayotgan dunyo miqyosidagi o‘zaro bog’liqligi hamda xalqaro mobillikning yuqori darajalari bilan tavsiflanuvchi globallashuv davrida, ta’lim darajasi va ta’lim takliflari hal qiluvchi joylashuv, raqobat va investitsion omillar qatoriga kiradi.
Shu ma’noda, AVESTOS kompaniyasi barqaror va kelajakka yo’naltirilgan tarzda dual kasblarni boshqa mamlakatlarga transfer qilish, shuningdek, boshqa mamlakatlardan kelgan yoshlarga yuqori sifatli, amaliyotga yo’naltirilgan kasbiy ta’lim orqali xalqaro mehnat bozoriga kirish imkonini berishni maqsad qilgan.
Xalqaro standartlar, yuqori sifatli amaliyotga joriy etish va tan olingan sertifikatlar kompaniyalar uchun eng muhim muvaffaqiyat mezonidir.

















